BMT Xavfsizlik Kengashi mojaro zonalarida gumanitar xodimlarni himoya qilish bo‘yicha rezolyutsiyani qabul qildi

Olam

image

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashi mojaro zonalarida insonparvarlik yordami va BMT xodimlarini himoya qilish bo‘yicha rezolyutsiya loyihasini qabul qildi.

Rezolyutsiya loyihasi Kengashning 15 a’zosidan 14 tasining ovozi bilan qabul qilindi, Rossiya betaraf qoldi.

Shveysariya tomonidan BMT Xavfsizlik Kengashiga taqdim etilgan rezolyutsiya barcha davlatlarni gumanitar xodimlar va BMT xodimlarini, shu jumladan milliy va mahalliy miqyosda yollangan xodimlarni, shuningdek, tegishli shaxslar va xodimlarni hurmat qilish va himoya qilishga chaqiradi.

Rezolyutsiya, shuningdek, mojaroning barcha tomonlarini amaldagi xalqaro inson huquqlari va insonparvarlik qonunchiligi bo‘yicha o‘z majburiyatlarini to‘liq bajarishga hamda barcha a’zo davlatlarni gumanitar yordam xodimlari va BMT xodimlariga nisbatan qonun buzilishi holatlarini tekshirishga chaqiradi.

BMT Xavfsizlik Kengashida qaror qabul qilinishi ortidan so‘zlagan Falastinning BMTdagi doimiy vakili Riyad Mansur rezolyutsiyaning hech bir davlat tomonidan e’tirozsiz qabul qilinganidan mamnun ekanini bildirdi.

“Ushbu rezolyutsiya G‘azo uchun mo‘ljallangan, garchi unda G‘azo nomi tilga olinmagan bo‘lsa-da, xalqaro xodimlar, jumladan, BMT xodimlari va xususan UNRWA (Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yaqin Sharqdagi Falastinlik qochqinlarga yordam va ishlar bo‘yicha agentligi) himoyasi bilan bog‘liq”, deydi Mansur.

Rezolyutsiyada insonparvarlik va xalqaro huquqni buzganlarning jazosiz qolishi chaqirig‘idan ham mamnun bo‘lganini ifoda etgan Mansur BMT Xavfsizlik Kengashi qarorining G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatishga erishish va Rafahning ishg‘ol qilinishining oldini olishda uzoq yo‘l bo‘lishiga ishonganini qayd etdi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan oyda Amerika Qo‘shma Shtatlari BMT Xavfsizlik Kengashining Bosh Assambleyasiga Falastin davlatini xalqaro tashkilotga to‘liq a’zo sifatida qabul qilishni tavsiya etuvchi rezolyutsiya loyihasiga veto qo‘ygandi. 


Maqola muallifi

Teglar

BMT gumanitar xodimlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing