BMT qarorgohida yangi Suriya bayrog‘i ko‘tarildi
Olam
−
26 aprel 3630 1 daqiqa
Suriyaning yashil, oq va qora rangdagi uchta qizil yulduzli yangi bayrog‘i BMTning Nyu-Yorkdagi qarorgohida rasman ko‘tarildi. Bu haqda tashkilot matbuot xizmati xabar berdi.
Marosimda Suriya tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Asad Shiboniy ishtirok etgan. Yangi bayroq tarixiy ahamiyatga ega ramzdir. U birinchi marta 1930 yillarning boshlarida, Birinchi jahon urushidan keyin Suriya va Livan Fransiya hududlari bo‘lganida qo‘llangan. Bu bayroq Suriya mustaqillikka erishgan 1946 yilda qabul qilingan. 2011 yildan buyon bu bayroqdan Suriya muxolifat kuchlari faol foydalanmoqda.
Marosim chog‘ida BMT qarorgohi oldida o‘nlab namoyishchilar yig‘ildi. Shuningdek, ular Suriyaning yangi bayroqlari bilan chiqishdi va Asad Shiboniyning kelishi va bayroq ko‘tarish marosimi xursandchilik bilan qarshi olingan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Suriya tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Asad Shiboniy Janubiy Koreya bilan diplomatik aloqalar o‘rnatish haqidagi kelishuvni imzolagani haqida xabar berilgandi.
Live
Barchasi