BMT ishchi guruhi Imron Xonni qamoqdan ozod qilishni talab qilmoqda

Olam

image

BMTning inson huquqlari bo‘yicha ishchi guruhi Pokistonning sobiq bosh vaziri, “Adolat uchun Harakat” partiyasi asoschisi Imron Xonni zudlik bilan qamoqdan ozod qilishni talab qildi.

"Siyosatchining qamoqqa olinishi o‘zboshimchalik va xalqaro qonunlarga ziddir. Imron Xon zudlik bilan ozod etilishi va qamoqqa olingani uchun tovon to‘lash huquqiga ega bo‘lishi kerak", deyiladi BMT Ishchi guruhi bayonotida.

Huquq himoyachilarining ta’kidlashicha, Pokiston Vazirlar Mahkamasining sobiq rahbari unga va “Adolat uchun Harakat” partiyasiga qarshi "keng repressiya kampaniyasi" qurboni bo‘lgan.

Ularning so‘zlariga ko‘ra, fevral oyida Pokistonda parlament quyi palatasiga saylovlarda ovozlarni sanash chog‘ida “keng miqyosda firibgarlik sodir etilgan, buning oqibatida “Adolat uchun Harakat”dan o‘nlab deputatlik o‘rinlari o‘g‘irlangan”.

Pokiston rasmiylari BMT ishchi guruhi bayonotiga hozircha izoh bermagan.

Qayd etish joizki, Xon 2024 yil boshida sudlar tomonidan chiqarilgan ikki hukm uchun qamoq jazosini o‘tamoqda. Yanvar oyida siyosatchi davlat sirlari haqidagi qonunni buzganlikda ayblanib 10 yillik qamoq jazosiga hukm qilingan, fevralda sobiq bosh vazir va uning rafiqasi Bushra Bibi noqonuniy nikohga kirishgani uchun yetti yil qamoq jazosiga hukm qilingan edi.

Pokistonning sobiq bosh vaziri 2018-2022 yillarda Vazirlar Mahkamasiga rahbarlik qilgan. Sobiq hukumat rahbari 2022 yil 10 aprelda unga nisbatan berilgan ishonchsizlik votumi oqibatida lavozimidan chetlashtirildi.

Xonga nisbatan davlat sirlarini buzganlik haqidagi tergov u 2022 yil 27 mart kuni Pokistonning Vashingtondagi elchisidan shifrlangan telegramma olganini ochiq e’lon qilganidan so‘ng boshlangan. Siyosatchining so‘zlariga ko‘ra, AQSH vakillari bilan suhbatda diplomatik missiya rahbari "bosh vazirni 2022 yil fevral oyida Moskvaga tashrifi chog‘ida namoyish etgan Ukraina bo‘yicha rossiyaparast pozitsiyasi tufayli hokimiyatdan chetlatishni tavsiya qilgan".


Maqola muallifi

Teglar

Imron Xon Pokiston BMT

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing