BMT insoniyatni sun’iy intellekt xavfidan ogohlantirdi

Olam

image

Matn yoki tasvirlarni yaratishga qodir sun’iy intellekt insoniyat uchun katta xavf tug‘diradi, hukumatlar va kompaniyalar undan foydalanishda juda ehtiyot bo‘lishlari kerak. Bu haqda BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari Folker Turk ogohlantirish bilan chiqdi.

“Meni sun’iy intellekt, ayniqsa, AI rivojlanishidagi so‘nggi jadallashuv ko‘proq tashvishga solmoqda. Imkoniyatlar juda katta bo‘lgani kabi xavflar ham shunchalik ulkan”, deydi Turk.

Uning bildirishicha, tashkilot tomonidan ushbu masalani o‘rganish ishlari olib borilmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq ChatGPT chatboti ichimlik suvi yetishmovchiligiga sabab bo‘lishi mumkinligi aytilgan edi. Amerikalik tadqiqotchilar sun’iy intellekt 100 ta savolga javob berishi uchun bir litr suv sarflashini aniqlagandi. Bundan tashqari, AQSH Milliy xavfsizlik xizmati rasmiylari sun’iy intellekt urushlar, kibermojarolar va eng yomon holatda yadro urushining kelib chiqishiga sabab bo‘lishidan ogohlantirgandi.

Ma’lumot uchun, sun’iy intellekt insonlar yoki hayvonlar tomonidan ko‘rsatiladigan tabiiy ongdan farqli o‘laroq, mashinalar tomonidan ko‘rsatiladigan ong hisoblanadi. Yetakchi sun’iy ong darslik kitoblari bu sohani “ongli agentlar”ni o‘rganish deya ta’riflaydi: o‘z muhitini fahmlaydigan va maqsadlariga muvaffaqiyatli erishish imkoniyatini maksimal darajada oshiradigan amallarni bajaruvchi har qanday sistema. 

Xalq orasida “sun’iy ong“ atamasi ko‘pincha “o‘rganish” va “muammolarni yechish” kabi inson idroki bilan bog‘laydigan “kognitiv“ funksiyalarni taqlid qiladigan mashinalarni tasvirlashda ishlatiladi, biroq bu ta’rifni ko‘pchilik sun’iy ong tadqiqotchilari rad etadi.

Sun’iy ong ilovalari mukammal veb-qidiruv tizimlari (masalan, Google), tavsiya etuvchi tizimlar (bundan You tube, Amazon va Netflix foydalanadi), inson nutqini anglash (masalan, Siri yoki Akexa), o‘ziyurar mashinalar (masalan, Tesla) hamda strategik o‘yin tizimlarida (masalan, shaxmat va GO) yuqori darajada raqobatlashishni o‘z ichiga oladi. Mashinalar tobora ko‘p qobiliyatlarga ega bo‘lib borar ekan, “ong” talab etuvchi vazifalar ko‘pincha “sun’iy ong effekti” deb ataluvchi fenomen bo‘lgan sun’iy ong ta’rifidan olib tashlanadi.


Maqola muallifi

Teglar

BMT sun'iy intellekt

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing