Rossiya BMTning koinotdagi qurollarga qarshi rezolyutsiyasiga veto qo‘ydi
Olam
−
25 aprel
3875Rossiya BMT Xavfsizlik Kengashida koinotda qurollanish poygasiga qarshi rezolyutsiyani blokladi. Kecha, 24 aprel kuni bo‘lib o‘tgan ovoz berish chog‘ida Xavfsizlik Kengashiga kiritilgan 15 davlatdan 13 tasi ushbu hujjatni qabul qilish uchun ovoz berdi, Xitoy betaraf qoldi, Rossiya esa veto huquqidan foydalandi.
Ovoz berish boshlanishidan oldin Rossiyaning BMTdagi doimiy vakili Vasiliy Nebenzya AQSH va Yaponiya taklif qilgan rezolyutsiya matnini “hazil” deb atadi. O‘z navbatida, AQSH doimiy vakili o‘rinbosari Robert Vud, agar Rossiya qarshi ovoz bersa, "yashirish uchun nimadir bormi" degan savol tug‘ilishini aytdi.
“Bizning umumiy maqsadimiz kosmosda qurollanish poygasining oldini olish, shuningdek, Koinot shartnomasi bo‘yicha majburiyatlarga rioya qilish, xususan, Yer orbitasiga hech qanday yadro quroli yoki ommaviy qirg‘in qurollarini joylashtirmaslikni talab qilish”, deyiladi rezolyutsiya loyihasida.
Shuningdek, u BMT Xavfsizlik Kengashi a’zolarini “Yer atrofidagi orbitaga joylashtirish uchun maxsus ishlab chiqilgan hech qanday yadro qurolini ishlab chiqmaslikka” chaqirdi.
LiveBarchasi