BMT faollashgan KXDR bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazadi
Olam
−
26 may 2022
5895Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashi bugun, 26 may kuni KXDR bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazadi. Bu haqda tashkilotning kecha, 25 may kuni tarqatilgan dasturida aytiladi.
Amerika ma’muriyati vakiliga tayanib xabar berilishicha, AQSHning Pxenyanga qarshi sanksiyalarni kuchaytirishni nazarda tutuvchi rezolyutsiya loyihasiga ovoz berish kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 25 may kuni Shimoliy Koreya Yapon dengiziga uchta ballistik raketa uchirdi. Janubiy Koreya harbiylariga ko‘ra, ulardan biri qit’alararo, qolgan ikkitasi esa qisqa masofali ballistik raketalar bo‘lgan. Shu bilan birga, bitta qisqa masofali raketaning uchirilishi muvaffaqiyatsiz tugagan. Pxenyanning sinovlariga javoban Janubiy Koreya va Amerika Yapon dengizi tomon ikkita raketa uchirdi.