BMT diplomati kvartirasidan o‘lik holda topildi

Olam

image

AQSHning Nyu-York shahrida Birlashgan Millatlar Tashkilotida ishlagan 38 yoshli diplomatning o‘ligi topildi. Bu haqda "New York Post" politsiyadagi manbalariga iqtibos keltirgan holda xabar bergan. 

Ta’kidlanishicha, ayolning jasadi Manxettendagi kvartirasida topilgan. Politsiya uni o‘z joniga qasd qilgan bo‘lishi mumkin, deb hisoblamoqda. Hodisa sodir bo‘lgan joyda jinoyat izi topilmagan. 

Qayd etilishicha, diplomat BMTda ikki yildan beri ishlab kelgan. U kvartirasida yolg‘iz yashagan. 

Manbaga ko‘ra, marhuma og‘ir-bosiq ayol bo‘lgan. 

"2020 yil 31 dekabr kuni soat 13:40 lar atrofida politsiyaga murojaat tushdi. Voqea joyiga yetib borgan politsiya yotoqxonada 38 yoshli ayolni hushsiz holda topdi", deyilgan xabarda. 

Manbalardan biriga ko‘ra, 31 dekabr kuni ayolning uyiga mehmon kelgan. Ayolni chaqirishgan va eshikni taqillatishgan, ammo u hech qanday munosabat bildirmagan. Shundan so‘ng esa politsiyaga murojaat qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh BMT

Baholaganlar

388

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing