BMT Afg‘onistonga 1 milliard dollar ajratyapti
Olam
−
04 Oktabr 2022
3511Birlashgan Millatlar Tashkiloti muhtoj afg‘onlarga gumanitar yordam ko‘rsatish uchun yiliga 1 milliard dollardan ortiq mablag‘ yuboradi. Tashkilotning Afg‘onistonga yordam ko‘rsatish missiyasi bugun, 4 oktyabr kuni o‘zining Twitter sahifasida xabar qilganidek, mablag‘lar na “Tolibon”ga, na mamlakat markaziy bankiga o‘tkaziladi.
“Birlashgan Millatlar Tashkiloti o‘tgan yil davomida Afg‘onistonga millionlab eng muhtoj afg‘onlarning hayotini saqlab qolish uchun bir milliard dollardan ortiq mablag‘ yubordi. Pul tijorat bankiga joylashtirilgan. Bu mablag‘lar na amaldagi hokimiyat organlariga, na Afg‘oniston markaziy bankiga taqdim etilgan”, deyiladi xabarda.
“Tolibon” harakati AQSH 2021 yil bahorida o‘z qurolli kuchlarini mamlakatdan olib chiqib ketish qarorini e’lon qilganidan keyin Afg‘oniston ustidan nazorat o‘rnatish bo‘yicha keng ko‘lamli operatsiyani boshladi. 15 avgust kuni “Tolibon” jangsiz Qobulga kirdi, Prezident Ashraf G‘ani esa respublikani tark etdi. 7 sentyabr kuni “Tolibon” qonuniyligi hali hech qaysi davlat tomonidan tan olinmagan muvaqqat hukumat tarkibini e’lon qildi.
Hozirda “Tolibon” tomonidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlarga qaramay, mamlakatdagi iqtisodiy vaziyat o‘ta og‘irligicha qolmoqda. BMT ma’lumotlariga ko‘ra, 22,8 million afg‘on doimiy ravishda to‘yib ovqatlanmaydi, 8,7 million kishi esa och qoladi. Shu bilan birga, mamlakat aholisining umumiy soni, Milliy statistika va axborot boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 34,3 million kishini tashkil etadi. Bu ko‘p jihatdan “Tolibon” Afg‘onistondagi 9,4 milliard dollar zaxiraning atigi 0,1 foiziga ega bo‘lishi bilan bog‘liq, chunki ularning katta qismi AQSH tomonidan muzlatilgan.
LiveBarchasi