BMT afg‘on vakolatxonasini “Tolibon”ga topshirishdan bosh tortdi – OAV
Olam
−
23 noyabr
2001Joriy yilning 20 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan Birlashgan Millatlar Tashkiloti akkreditatsiya qo‘mitasining yig‘ilishida ketma-ket 4-yil Afg‘oniston doimiy vakili o‘rindig‘iga egalik qilish masalasi keyinga qoldirildi. Bu haqda “Sputnik” xabar berdi.
Qayd etilishicha, ma’lumot hanuzgacha norasmiy bo‘lib, qo‘mitaning o‘zi odatda bu haqda dekabr oyi o‘rtalarida xabar beradi. Hozirda ushbu lavozim uchun kurash Afg‘onistonning BMTdagi amaldagi muvaqqat ishlar vakili Nosir Ahmad Faik va “Tolibon” nomzodi Dohadagi siyosiy idorani boshqarayotgan Muhammad Suhayl Shaxin o‘rtasida kechmoqda.
Ma’lumot uchun, Afg‘oniston BMTga rasman 1946 yilda a’zo bo‘lgan. Mamlakatda “Tolibon” hukmronlik qilayotgan davrdan, ya’ni 2021 yildan beri Birlashgan Millatlar Tashkiloti “Tolibon”ning Afg‘onistonni tashkilot a’zoligiga qo‘shish taklifini uch marta rad etgan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq “Tolibon” muvaqqat hukumati Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan e’lon qilingan Afg‘onistondagi ayollar ahvoli haqidagi hisobotni haqiqiy emas va propagandaga asoslangan deb topgandi.
Muhammad Hodiyev
LiveBarchasi