BMT: Haftar Tripolini egallash arafasida

Olam

image
Haftar qo‘shinlari Tripoliga yangi hujum boshladi north_east

Haftar qo‘shinlari Tripoliga yangi hujum boshladi

Joriy yilning 5 aprel kuni general Xalifa Haftar Liviya poytaxti Tripoli shahriga hujum boshlagandi. Oradan 8 oydan ko‘p vaqt o‘tgach, BMT Haftar kuchlari Tripolini egallashga yaqin turganini ma’lum qildi.

BMT Bosh kotibining Liviya bo‘yicha maxsus vakili G‘asan Salame “Corriere della Sera” nashriga bergan intervyusida mamlakatdagi vaziyat haqida ma’lumot bergan.

G‘asan Salamening so‘zlariga ko‘ra, Haftar kuchlariga Rossiya harbiylari yordamga kelgan. Shundan so‘ng vaziyat o‘zgargan.

Liviya Milliy birdamlik hukumati Tashqi ishlar vaziri Muhammad Siyola ham Tripolining egallanishi mumkinligini inkor etmagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Haftarni ham askariy, ham texnikaviy tomondan qo‘llab-quvvatlayapti.

Rossiya o‘z navbatida, bunday ma’lumotlarni rad qilyapti.

“Bizning amerikalik hamkasblarimiz tarqatayotgan mish-mishlarga kelsak, dunyoning turli burchaklarida NATO mamlakatlarining chaqirilmagan va kutilmagan askarlari bor. Ammo biror joyda nimadir bo‘lsa, biror nodavlat tuzilma Rossiya harbiylarining bunda qo‘li borligi haqida xabar tarqatadi”, degan RF Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov.

G‘asan Salamening ta’kidlashicha, Liviyadagi harakatlarda Turkiya, Chad, Misr, Saudiya Arabistoni kabi davlatlar ham u yoki bu tarafni qo‘llab-quvvatlayapti.


Maqola muallifi

Teglar

Liviya Xalifa Haftar

Baholaganlar

72

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing