“Bloomberg”: Lukashenkoning atrofidagilar Kreml bilan qochish haqida gaplashgan

Olam

image

Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenkoning atrofidagilar belaruslar yetakchisining Rossiyaga qochishi masalasida Kremlga murojaat qilgan. Bu haqda “Bloomberg” xabar berdi.

Lukashenkoning o‘zi esa bugun, 15 avgustda ham mamlakat tashqarisiga chiqqani haqidagi xabarni inkor qilgan. Agentlik manbalari rasmiy Moskva Lukashenkoning Prezident lavozimidan ketishiga qarshi emas.

Ma’lumotlarga ko‘ra, kremlning ba’zi amaldorlari Belarus Prezidentining noroziliklar fonida almashishidan xavotirda. Ba’zi Kreml amaldorlari esa raqiblarni kuch bilan yengishga urinish samarasiz usul deb hisoblaydi. Ammo shunday o‘yl bilan Lukashenko ma’lum muddat hokimiyatda qolishi mumkin bo‘ladi.

Avvalroq, Lukashenko va Putin telefon orqali muloqotda Belarusdagi namoyishlarni muhokama qilgani haqida xabar bergan edik. Suhbatning tafsilotlari haqida ma’lumot berilmadi. Ammo Belarus Prezidenti mamlakatidagi noroziliklar RFga ham tahdid bo‘lishi mumkinligini aytgandi.

Ma’lumot uchun, Belarusda 9 avgust kuni o‘tkazilgan saylovlardan beri tinmayapti. Belarus Markaziy saylov komissiyasi ma’lumotiga ko‘ra, saylovda Aleksandr Lukashenko 80,1 foiz, muxolif nomzod Svetlana Tixanovskaya 10,1 foiz ovoz yig‘gan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Belarus'

Baholaganlar

379

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing