Blokadadan so‘ng neft narxi yana oshib ketdi

Olam

image

Bugun, 13 aprel kuni AQSH Prezidenti Donald Tramp Eron portlarini blokada qilishga buyruq berganidan so‘ng global bozordagi neftning narxi 7 foizgacha ko‘tarilib, bir barrel uchun 100 dollardan oshib ketdi. Bu haqda BBC xabar berdi.

Neft narxining global etaloni bo‘lgan Brent neftining bir barreli 102,02 dollarga (75,91 funt sterling) yetgan. Global bozordagi narx esa 7,5 foizga oshib, 103,78 dollarni tashkil etmoqda. 

AQSH Markaziy qo‘mondonligi (CYeNTCOM) 12 aprel kuni kechqurun bergan bayonotida Eron portlarini blokadalash bo‘yicha bayonot bilan chiqqan edi. Qamal bugun, 13 aprel, Tehron vaqti bilan soat 10:00 dan boshlanishi bildirilgan. Harbiy blokada Eron portlariga kiruvchi va undan chiquvchi barcha dengiz transportlariga qo‘llanishini aytildi. Bunga Eronning portlari va qirg‘oqbo‘yi hududlari, jumladan, Fors va Ummon ko‘rfaziga kiradigan yoki undan chiqadigan barcha davlatlarning kemalari kiradi.

Markaziy shtab boshqa davlatlarning kemalari Hormuz bo‘g‘ozida erkin harakatlanishi mumkinligini aytgan bo‘lsada, AQSH Prezidenti Donald Tramp o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida Hormuz bo‘g‘oziga kirishga yoki undan chiqishga urinayotgan har qanday  kemalarni nishonga olinishini aytgan. 

“Biz zudlik bilan Hormuz bo‘g‘oziga kirishga va chiqishga urinayotgan har qanday kemaning harakatlanishini cheklaymiz. Dunyodagi eng kuchli flotga Qo‘shma Shtatlar egalik qiladi. Bir kun kelib biz albatta Hormuz bo‘g‘ozida harakatlanayotgan barcha kemalarga “Hammaga kirishga ruxsat, hammaga chiqishga ruxsat” tamoyilini qo‘llaymiz. Men harbiy-dengiz kuchlarimizga Eronga boj to‘lagan har bir kemani qidirib topishni va to‘xtatishni buyurdim. Noqonuniy boj to‘lagan har kim ochiq dengizdan xavfsiz o‘tolmaydi. Amerika floti bo‘g‘ozlarga eronliklar tomonidan qo‘yilgan barcha minalarni ham yo‘q qilishni boshlaymiz. Amerika kemalariga yoki boshqa tinch kemalarga o‘q uzgan har qanday eronlik do‘zaxga uchib ketadi!” deydi Oq uy rahbari.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Eron AQSHning portlarni blokada qilish tahdidiga javob qaytargani haqida xabar berilgan edi.

Hojiakbar Muhammadjonov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

neft' narxi Blokada

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing