Bloger Jeyk Pol barcha bokschilarni ortda qoldirdi 

Sport

image

Amerikalik YouTube blogeri va bokschi Jeyk Pol 2021 yilda 45 million dollar ishlab topdi. Bu haqda “Forbes” nashri xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, Pol daromadining 5 millionini blogerlik faoliyati orqali ijtimoiy tarmoqlar orqali, qolgan qismini esa boks orqali ishlab topgan. 

Pol 2021 yilda YouTube platformasida eng ko‘p maosh oluvchi yulduzlar ro‘yxatida ikkinchi va sportchilar orasida 20-o‘rinni egalladi. Biroq, joriy yilda supero‘rta vazn toifasida mutlaq jahon chempionligini qo‘lga kiritgan Saul Alvaresni ortda qoldirdi. Kanelo 34 million dollar yillik daromadi evaziga 48-o‘rinda qayd etilgan.

Ma’lumot uchun, o‘tgan yilda Pol uchta jang o‘tkazdi. Aprel oyida u Bellator bo‘yicha sobiq chempion Ben Askrenni nokaut evaziga taslim qildi, avgust oyida esa yarim o‘rta vazn toifasida UFC sobiq chempioni Tayron Vudlini mag‘lub etgan bo‘lsa, revansh jangida uni ham nokautga uchratdi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Forbes Boks Kanelo Pol

Baholaganlar

57

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing