Bloger Nafosat Olloshukurova ruhiy shifoxonadan chiqarildi
Jamiyat
−
28 dekabr 2019
11666Bir guruh norozilarning Toshkentga yurishini jonli ravishda efirga uzatgandan so‘ng ruhiy shifoxonaga yotqizilgan bloger Nafosat Olloshkurova shifoxonadan chiqarilgan.
Joriy yilning 23 sentyabr kuni soat 12:00larda viloyat ichki ishlar organlari tomonidan huquqbuzarlik sodir qilgan fuqaro M.Radjapov, uning yaqin qarindoshlari hamda Facebook`da “Shabnam Ollashukurova” nomli guruh blogeri, N.Ollashukurovalarga nisbatan ma’muriy ish qo‘zg‘atilgan edi.
Urganch shahar ma’muriy sudining 23 sentyabrdagi qaroriga asosan N.Ollashukurovaga nisbatan MJtKning 183, 194, 195 va 202-moddalari bilan 10 sutkadan ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.
26 sentyabr kuni N.Ollashukurova ma’muriy qamoq jazosini o‘tayotgan paytida ruxiyatida o‘zgarishlar sezilganligi uchun tez tibbiy yordam chaqirtirilib, psixiatrning tavsiyasi bilan uni viloyat ruhiy asab kasalliklari dispanserida ko‘rikdan o‘tkazish uchun olib ketilgan.
"Bugun ruhiy kasalliklar shifoxonasida o‘tkazilgan tibbiy ekspertiza uning salomatligi yaxshilangan, deb topgan va bloger yangi yil bayramini ota-onasi va jajji qizaloqlari bilan birga kutib oladi", deb yozdi O‘zbekiston inson huquqlari "Ezgulik" jamiyati rahbari Abdurahmon Tashanov.
Nafosat Olloshkurova Toshentga ota-onasi va 3 yashar ikki egizak qizlarining oldiga qarab yo‘lga chiqqan.
30 sentyabr kuni fuqarolik ishlari bo‘yicha Urganch tumanlararo sudida arizachi Xorazm viloyat ruhiy asab kasalliklari dispanserining fuqaro Nafosat Ollashukurovani g‘ayriixtiyoriy tartibda psixiatriya shifoxonasiga yotqizish to‘g‘risidagi arizasi bo‘yicha qo‘zg‘atilgan fuqarolik ishi ko‘rib chiqildi.Sud qarori bilan ushbu ariza qanoatlantirilib, Ollashukurova g‘ayriixtiyoriy tartibda psixiatriya shifoxonasiga yotqizildi.
Joriy yilning 6 noyabr kuni Olloshukurovaning advokati Ulug‘bek Davletov Urganch tumanlararo sudiga borib, himoyasidagi Nafosat Olloshukurovaga oid fuqarolik ishi bo‘yicha kassatsiya tartibida shikoyat topshirgan.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Xorazm viloyat sudi kassatsiya instansiyasi kecha, 28 noyabr kuni Xorazm viloyat ruhiy asab kasalliklari dispanseri sud majlisini o‘tkazgan. Unda Nafosat Ollashukurova va uning ishonchli vakili – advokati Ulug‘bek Davletov tomonidan keltirilgan kassatsiya shikoyati asosida ushbu fuqarolik ishi ko‘rib chiqilib, 2019 yil 30 sentyabrdagi fuqarolik ishlari bo‘yicha Urganch tumanlararo sudining hal qiluv qarori o‘zgarishsiz qoldirilgan.
Oliy sudning qayd etishicha, tarafalarga sud qarorlari ustidan nazorat tartibida shikoyat berishi hamda protest keltirish huquqi tushuntirilgan.
LiveBarchasi