Kurs UZS

USD

12 966.38

19.18

EUR

14 213.75

-8.75

RUB

150.23

-3.15

Sud bloger Nafosat Olloshukurovaning arizasiga nisbatan qaror chiqardi

Jamiyat

image

Bloger Nafosat Olloshukurova joriy yilning sentyabr oylarida tarqalgan norozilik videosi orqali e’tiborga tushgan edi. Ko‘p o‘tmay 23 sentyabr kuni Xorazm viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan (Shabnam) Nafosat Ollashukurovaga ma’muriy ish qo‘zg‘atilib, MJtKning 183, 194, 195 va 202-moddalari bilan 10 sutkadan ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

Shabnam 3 oy avval qoralagan Ombudsman bugun uning kuniga yarayapti. Olloshukurova qayerda? north_east

Shabnam 3 oy avval qoralagan Ombudsman bugun uning kuniga yarayapti. Olloshukurova qayerda?

30 sentyabr kuni fuqarolik ishlari bo‘yicha Urganch tumanlararo sudida arizachi Xorazm viloyat ruhiy asab kasalliklari dispanserining fuqaro Nafosat Ollashukurovani g‘ayriixtiyoriy tartibda psixiatriya shifoxonasiga yotqizish to‘g‘risidagi arizasi bo‘yicha qo‘zg‘atilgan fuqarolik ishi ko‘rib chiqildi.Sud qarori bilan ushbu ariza qanoatlantirilib, Ollashukurova g‘ayriixtiyoriy tartibda psixiatriya shifoxonasiga yotqizildi.

Joriy yilning 6 noyabr kuni Olloshukurovaning advokati Ulug‘bek Davletov Urganch tumanlararo sudiga borib, himoyasidagi Nafosat Olloshukurovaga oid fuqarolik ishi bo‘yicha kassatsiya tartibida shikoyat topshirgan.

Bu haqiqiy provokatsion savol, gap tamom! – Allamjonov north_east

Bu haqiqiy provokatsion savol, gap tamom! – Allamjonov

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Xorazm viloyat sudi kassatsiya instansiyasi kecha, 28 noyabr kuni Xorazm viloyat ruhiy asab kasalliklari dispanseri sud majlisini o‘tkazgan.  Unda Nafosat Ollashukurova va uning ishonchli vakili – advokati Ulug‘bek Davletov tomonidan keltirilgan kassatsiya shikoyati asosida ushbu fuqarolik ishi ko‘rib chiqilib, 2019 yil 30 sentyabrdagi fuqarolik ishlari bo‘yicha Urganch tumanlararo sudining hal qiluv qarori o‘zgarishsiz qoldirilgan. 

Oliy sudning qayd etishicha, tarafalarga sud qarorlari ustidan nazorat tartibida shikoyat berishi hamda protest keltirish huquqi tushuntirilgan. 


Maqola muallifi

Teglar

Nafosat Olloshukurova

Baholaganlar

183

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing