Blinkenning ortidan Kleverli ham Markaziy Osiyoga kelyapti
Olam
−
13 mart 2023
13096Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vaziri Jeyms Kleverli 17-18 mart kunlari Qozog‘iston poytaxtiga tashrif buyurib, respublika rahbariyati bilan uchrashuvlar o‘tkazadi. Bu haqda bugun, 13 mart kuni bo‘lib o‘tgan brifingda Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Oybek Smadiyarov ma’lum qildi.
“17-18 mart kunlari Tashqi ishlar vaziri Jeyms Kleverli Qozog‘istonga tashrif buyuradi. Ostonada bo‘lganida Kleverli Prezident Qosim-Jomart To‘qayev va Bosh vazir Alixon Smoilov tomonidan qabul qilinadi, Qozog‘iston TIV rahbariyati bilan ham muzokaralar o‘tkaziladi”, degan TIV vakili.
Smadiyarovning aytishicha, tashrif doirasida Ostona bog‘laridan birida qirolicha Yelizaveta II nomidagi maydon ochishlishi rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, 28 fevral – 1 mart kunlari AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken o‘z faoliyati davomida birinchi marta Qozog‘iston va O‘zbekistonga tashrif buyurdi, Prezident Qosim-Jomart To‘qayev va Shavkat Mirziyoyev qabulida bo‘lib, qator masalalarni muhokama qildi. Prezident Jo Baydenning mesejlarini yetkazdi.
Ostonada S5+1 formatidagi Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Tojikiston, Turkmaniston va AQSH Tashqi ishlar vazirlari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
LiveBarchasi