Blinken ortidan Pentagon rahbari ham Isroilga bordi (video)
Olam
−
13 Oktabr 2023
7454Bugun, 13 oktyabr kuni AQSH Mudofaa vaziri Lloyd Ostin Isroilga bordi. Bu haqda Pentagon rahbari X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.
"Hozirgina Tel-Avivga qo‘ndim. Bugun men Bosh vazir Netanyaxu, Mudofaa vaziri Yoav Galant va boshqa yuqori martabali rahbarlar bilan uchrashib, AQSHning Isroil xavfsizligini qo‘llab-quvvatlashi qat’iy ekanini ko‘rsatish va ular bilan mudofaa ehtiyojlarini yuzma-yuz muhokama qilish uchun uchrashaman", deb yozgan Lloyd Ostin.
Shuningdek, u Qo‘shma Shtatlar "Isroil xalqi bilan birga" ekanini ta’kidlagan.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 12 oktyabr kuni AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken Isroilga borgandi. U Yaqin Sharqning yana bir qancha davlatlariga tashrif buyurishni rejalashtirgan. Bosh vazir Binyamin Netanyaxu bilan birga o‘tkazgan matbuot anjumanida Blinken agar boshqa davlatlar yoki terrorchilar tomonidan Isroilga hujum qilinsa, AQSH Isroilni himoya qilishini aytgandi.
LiveBarchasi