Blinken keyingi hafta Xitoyga borishni rejalashtiryapti – Politico

Olam

image

AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken kelasi hafta Pekinga tashrif buyurishni rejalashtiryapti, hozirda safar tafsilotlari ishlab chiqilmoqda. Bu haqda kecha, 8 iyun kuni “Politico” gazetasi o‘z manbalariga tayanib xabar berdi

Unga ko‘ra, Amerika diplomatiyasi rahbari Yaqin Sharqqa safarini yakunlab, Pekinga borishni rejalashtirgan.

Ammo ayrim manbalarda AQSH Davlat kotibining Xitoyga safari amalga oshmasligi haqida xabarlar tarqalmoqda. Xitoyning Vashingtondagi elchixonasi ham Blinkenning Xitoyga bo‘lajak safari haqida aniq ma’lumot berilmagan. Diplomatik missiyaning matbuot kotibi Liu Pengyu esa Xitoy AQSH bilan muloqot uchun ochiq ekanini bildirib o‘tgan.

Amerika tomoni bungacha Moliya va Savdo vazirlari Janet Yellen va Jina Raymondoning Xitoyga tashriflarini tashkil etish istagi borligini bir necha bor bildirgan. Bundan tashqari, Oq uy AQSH Prezidenti Jo Baydenning XXR raisi Si Szinpin bilan telefon orqali muloqot qilish istagini ma’lum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning yanvar oyi oxirida AQSH osmonida Xitoyga tegishli “josus havo shari” aniqlangach, Blinken Xitoyga tashrifini noma’lum muddatga ortga surgandi. 4 fevral kuni esa Xitoy shari AQSH havo hududida raketa bilan urib tushirilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Xitoy Entoni Blinken

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing