Blinken Qozog‘istonga keldi

Olam

image
Baxtiyor Saidov Qozog‘istonga boradi north_east

Baxtiyor Saidov Qozog‘istonga boradi

Kecha, 27 fevral kuni kechqurun AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken Ostonaga ilk rasmiy tashrifi bilan bordi. Bugun u bu yerda Markaziy Osiyo davlatlari tashqi ishlar vazirlari bilan uchrashadi. Bu haqda Qozog‘iston TIV rasmiy vakili Aybek Smadiyarovga tayanib, TASS xabar qildi.

Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi Davlat kotibi Blinken Ostonada bo‘lishi chog‘ida Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev tomonidan qabul qilinishi, shuningdek, Bosh vazir o‘rinbosari – respublika Tashqi ishlar vaziri Muxtor Tleuberdi bilan ham muzokaralar o‘tkazishi haqida ma’lum qilgan.

Bundan tashqari, Blinken bugun, 28 fevral kuni Markaziy Osiyo davlatlari va AQSH tashqi ishlar vazirlarining C5+1 formatidagi uchrashuvida ishtirok etadi. Kun tartibidan Vashington bilan mintaqaviy hamkorlik va sheriklikni yanada rivojlantirish masalalari o‘rin olgan.

C5+1 formati Markaziy Osiyoning beshta davlati (Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston) va AQSH o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikning ko‘p tomonlama mexanizmi hisoblanadi. U 2015 yilda iqtisodiyot, ekologiya va xavfsizlik sohalaridagi mintaqaviy muammolarni muhokama qilish uchun tashkil etilgan.

Qozog‘istondan so‘ng Davlat departamenti rahbari Toshkentga boradi va u yerda O‘zbekistonning yuqori martabali rasmiylari bilan uchrashadi. 1-mart kuni Blinken Nyu-Dehliga uchadi va u yerda G20 davlatlari Tashqi ishlar vazirlari yig‘ilishida ishtirok etadi.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 28 fevral kuni Tashqi ishlar vaziri vaqtincha bajaruvchisi Baxtiyor Saidov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Qozog‘istonning Ostona shahrida bo‘lib o‘tadigan C5+1 shaklidagi Vazirlar yig‘ilishida ishtirok etishi ma’lum qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston Baxtiyor Saidov C5+1 Entoni Blinken

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing