Baxtiyor Saidov Qozog‘istonga boradi

Jamiyat

image

Bugun, 28 fevral kuni Tashqi ishlar vaziri vaqtincha bajaruvchisi Baxtiyor Saidov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Qozog‘istonning Ostona shahrida bo‘lib o‘tadigan C5+1 shaklidagi Vazirlar yig‘ilishida ishtirok etadi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Tadbir davomida O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iz, Tojikiston, Turkmaniston va Amerika Qo‘shma Shtatlari tashqi siyosat idoralari rahbarlari tomonlarni qiziqtirgan sohalarda mazkur mexanizm doirasidagi hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qiladilar.

Eslatib o‘tamiz, AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken ushbu C5+1 formatidagi vazirlar uchrashuvida ishtirok etish uchun Qozog‘istonga ilk rasmiy tashrifini amalga oshirishi ma’lum qilingandi.

Shuningdek, Davlat kotibi O‘zbekistonga ham kelishni rejalashtirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing