Blinken gitara chalib, qo‘shiq kuyladi (video)

Bu qiziq

image

AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken Davlat departamenti tomonidan o‘tkazilgan qabul marosimida gitara chalib, qo‘shiq kuyladi. U “The Hoochie Coochie Men” qo‘shig‘ini kuylayotgani tasvirlangan videoni o‘zining X’dagi sahifasiga joylagan.

“Musiqa va diplomatiyani uyg‘unlashtirish uchun bugungi imkoniyatni qo‘ldan boy bermadim. Davlat departamentining yangi Global musiqa diplomatiyasi tashabbusini ishga tushirish juda yoqimli edi”, deya izoh qoldirgan Blinken.

Davlat kotibi musiqani diplomatiya vositasiga aylantirishga qaratilgan “Global musiqa diplomatiyasi tashabbusi” nomli loyihani shu tarzda ochib berdi. 

Davlat departamenti xabariga ko‘ra, Amerikaning dunyo bo‘ylab ingliz tilini o‘rganishni rag‘batlantirishga qaratilgan qiymati 40 mlrd dollarlik dasturida musiqaga alohida o‘rin ajratiladi.

“Agar siyosat bo‘lmaganida, Blinken "cover" guruhida karerasini qurishi mumkin edi. Blinken u yerga juda mos tushardi”, deya munosabat bildirgan musiqiy tanqidchi Yevgeniy Babichev.

Eslatib o‘tamiz, Entoni Blinken 2021 yil yakunida o‘zi sevib tinglaydigan qo‘shiqlar ro‘yxatini e’lon qilgandi. 36 ta tarona joy olgan pleylistda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Sevara Nazarxonning "Na pauzu" qo‘shig‘i ham bor edi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Entoni Blinken

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing