Biznes ombudsman Dilmurod Qosimov Bosh prokuror o‘rinbosari bo‘ldi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoniga asosan adliya katta maslahatchisi Dilmurod Sultonmurodovich Qosimov O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Bosh prokuratura xabar berdi.

Ma’lumki, tayinlovga qadar Dilmurod Qosimov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil (Biznes ombudsman) lavozimida ishlagan.

Bungacha u prokuratura organlarida turli mas’ul lavozimlarda ham faoliyat yuritgan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq 2017 yildan beri Ichki ishlar vaziri sifatida ishlab kelgan Po‘lat Bobojonov lavozimidan ozod etilib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining kadrlar siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisining o‘rinbosari lavozimiga tayinlangandi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimini egallab kelgan general-mayor Aziz Anvarovich Toshpo‘latov O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri lavozimiga tayinlandi.


Maqola muallifi

Teglar

Biznes ombudsman Bosh prokuror o'rinbosari Dilmurod Qosimov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing