Soliq organlarining 224 xodimi ma’muriy, Transport vazirligining 8 xodimi jinoiy javobgarlikka tortildi

3-sahifa

image

2021 yilda Biznes-ombudsman tomonidan soliq organlarida 238 qonunbuzilish holatlari qayd etilgan bo‘lib, ushbu holatlar bo‘yicha 224 kishiga ma’muriy ish qo‘zg‘atilgan. Qolaversa, Transport vazirligi idoralarining 8 nafar xodimi jinoiy javobgarlikka tortilgan. Bu haqda Biznes-ombudsmandan QALAMPIR.UZ’ga xabar berildi. 

Ma’lum qilinishicha, Biznes-ombudsman tomonidan 2021 yilda tadbirkorlar faoliyatida tekshirishlar o‘tkazishning qonuniyligi monitoringi natijalariga ko‘ra aniqlangan huquqbuzarliklar bo‘yicha nazorat qiluvchi organlarining ro‘yxati tuzildi. Aniqlangan holatlar bo‘yicha, Biznes-ombudsman tomonidan ma’muriy bayonnomalar tuzilgan, nazorat organlari rahbarlariga taqdimnomalar kiritilgan, shuningdek, jinoyat ishi qo‘zg‘atish bo‘yicha ham takliflar kiritilgan. 

2021 yilda Biznes-ombudsman tomonidan aniqlangan eng ko‘p qonunbuzilishi holatlariga yo‘l qo‘ygan nazorat qiluvchi organlar ro‘yxati:

•    soliq organlari 238 ta;

•    Agroinspeksiya 167 ta; 

•    Ekologiyani muhofaza qilish qo‘mitasi 166 ta;

•    Transport vazirligi 129 ta;

•    O‘simliklar karantini inspeksiyasi 120 ta;

•    sanitariya-epidemiologiya xizmati 104 ta;

•    boshqa nazorat organlari 310.

2021 yilda aniqlangan huquqbuzarliklar bo‘yicha ma’muriy javobgarlikka tortilgan xodim soni eng ko‘p bo‘lgan nazorat organi:

•    soliq organlari 224 nafari;

•    Ekologiyani muhofaza qilish qo‘mitasi 133 nafari;

•    Transport vazirligi 103 nafari;

•    Agroinspeksiya 94 nafari;

•    Sanitariya-epidemiologiya xizmati 92 nafari;

•    O‘simliklar karantini inspeksiyasi 84 nafari;

•    boshqa nazorat organlari 176 nafari. 

Ta’kidlanishicha, 2021 yilda Biznes-ombudsman tomonidan Transport vazirligi idoralarining huquqbuzar mansabdor shaxslarini jinoiy javobgarlikka ham tortish bo‘yicha prokuratura organlariga 8 ta taklif kiritilgan va ushbu holatlar bo‘yicha tegishli tartibda javobgarlik masalalasi ko‘rib chiqilgan. 

Shuningdek, Biznes-ombudsmanning taklifiga asosan Transport vazirligi idoralarining 8 nafar huquqbuzar mansabdor shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Shu bilan birga, 19 nafar nazorat organi rahbariga 55 ta taqdimnoma kiritilishi natijasida huquqbuzarlar intizomiy javobgarlikka tortildi yoki hatto egallab turgan lavozimidan ozod etilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2022 yildan boshlab Biznes-ombudsmanga 9 turdagi huquqbuzarliklar, jumladan, tadbirkorlik sub’ektlarining moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirish va tekshirishlar o‘tkazish tartibini buzish bo‘yicha ma’muriy ishlarni ko‘rib chiqish vakolati berilgan. Shuni ta’kidlash kerakki, ushbu toifadagi huquqbuzarliklar uchun jarimalar bazaviy hisoblash miqdorining 40 dan 80 baravarigacha miqdorida belgilangan.


Maqola muallifi

Teglar

Biznes ombudsman

Baholaganlar

85

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar