Bizga Chernobil kamlik qiladimi? – Ukrainalik olimlar mamlakatdagi holatdan xavotirda

Olam

image

Ukrainada Chernobil AES fojeasi takrorlanishi ehtimoli yuqori. Bu haqda Ukraina Yadro energiyasi faxriylari uyushmasi vakillari ma’lum qilgan. Ularning ushbu bayonotini Oliy Rada sobiq deputati Aleksey Juravko Facebook’dagi o‘z sahifasida e’lon qildi.

Tajribali yadro olimlari “Energoatom”ning butun Ukraina bo‘yicha joylashgan AESlarida doimiy boshqarishning yo‘qligiga e’tibor qaratishdi. Ularning fikriga ko‘ra, boshqaruvdagi tartibsizliklar mavjud ob’ektlardagi xavfsizlik darajasi juda past. Xususan, atom elektr stansiyasida baxtsiz hodisa yuz berganda, hech qanday yuridik javobgarlik belgilanmagan. Bayonot mualliflari hozirgi vaziyat, mamlakatda “yadroviy falokat” paydo bo‘lishiga sabab bo‘lishini bashorat qilgan.

“Nahotlik bizga Chernobil kamlik qilmoqda va biz uni yana qaytalashga harakat qilyapmiz?”, deb yozgan faxriylar.

2019 yilning iyul oyida Tver viloyatidagi Kalinin AESda mavjud bo‘lgan to‘rtta quvvat blokining uchtasi favqulodda o‘chirilgan edi.

Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, stansiyada qisqa tutashuv yuz bergan. Stansiya va uning atrofidagi radiatsion fon o‘zgarmagan va har doim normal oraliqda ekanligi qayd etilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina Chernobil'

Baholaganlar

181

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing