“Bizda ma’lumot bor”. Zelenskiy Prigojinni kim o‘ldirganini aytdi
Olam
−
08 Sentabr 2023 21057 1 daqiqa
Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy “Vagner” xususiy harbiy kompaniyasi rahbari Yevgeniy Prigojinning aviahalokatdagi o‘limi uchun Rossiya yetakchisi javobgar ekanini aytdi. Bu haqda u bugun, 8 sentyabr kuni Kiyevdagi “Yalta” sammiti chog‘ida so‘z ochdi.
"Putin odam sifatida ham, siyosatchi sifatida ham qulab tushdi. U Prigojinni o‘ldirdi – harqalay bizda shunday ma’lumotlar bor", degan Prezident.
Zelenskiyning ta’kidlashicha, Ukraina Prigojinning yo‘q qilinishini "bir terrorchining kamayishi" sifatida qabul qilgan, shu bilan birga, rossiyaliklarning ruhiyati tushib ketgan, chunki ular "Vagner” jangchilari orqasida yashirinib, yollanma askarlarni oldinga tashlashga odatlangan.
"Menimcha, yollanma askarlar, vagneritlar ortiga yashiringan Rossiya mudofaasi ko‘p narsani yo‘qotdi. Biz uchun bu, albatta, plyus", deya tushuntirgan Vladimir Zelenskiy.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 23 avgust kuni bortida Prigojin bo‘lgan xususiy samolyot Tver viloyatida halokatga uchragan, bortdagi barcha-10 kishi halok bo‘lgandi. Putin qurbonlarning oilalariga hamdardlik bildirdi. 29 avgustda Yevgeniy Prigojinning dafn marosimi Sankt-Peterburgdagi Poroxov qabristonida bo‘lib o‘tdi.
Live
Barchasi