Biz yadro qurolidan foydalanishga tayyormiz – Britaniya muxolifati yetakchisi

Olam

image

Britaniyadagi muxolifatdagi Leyboristlar partiyasi yetakchisi Kir Starmer saylovoldi kampaniyasi chog‘ida agar u hokimiyat tepasiga kelsa, shart-sharoit talab qilsa, yadro qurolini qo‘llashga tayyorligini aytdi. Bu haqda “The Standard” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, bugun, 3 iyul kuni Buyuk Britaniyada umumiy parlament saylovlari bo‘lib o‘tadi. Ijtimoiy so‘rov natijalariga ko‘ra, hukmron Konservatorlar partiyasi o‘ziga muxolif bo‘lgan Leyboristlar partiyasidan sezilarli darajada kam ovozlarga ega.

“Yadroviy qurol bu bizning mudofaamizning muhim qismidir. Albatta, bu biz undan foydalanishga tayyor bo‘lishimiz kerakligini anglatadi", deydi Starmer matbuot anjumanida.

Bundan tashqari, siyosatchi bu dengizdagi to‘xtatuvchi kuchni “kuniga 24 soat, yiliga 365 kun” doimiy ravishda saqlashni, shuningdek, zarur to‘xtatuvchi yangilanishlarni amalga oshirish va to‘rtta yangi yadroviy suv osti kemasini qurishni o‘z ichiga oluvchi yadroviy to‘xtatib turish bo‘yicha partiyaning “uchlik” va’dasini e’lon qilgandi.

May oyi boshida Britaniya Bosh vaziri Rishi Sunak birinchi marta bo‘lajak saylovlarda hokimiyatdagi Konservativ partiya mag‘lub bo‘lishi mumkinligini tan oldi. Bu e’lon torilar mahalliy saylovlarda mag‘lubiyatga uchrab, mahalliy kengash o‘rinlarining deyarli yarmini yo‘qotganidan keyin e’lon qilindi. Keyinroq Bosh vazir hukmron Konservativ partiyaning g‘alaba qozonish imkoniyati borligiga ishonch bildirdi.

Ma’lumot uchun, aprel oyida o‘tkazilgan so‘rovga ko‘ra, mamlakatda hukmron konservatorlar reytingi 1978 yildan beri rekord darajada pasayib, 19 foizni tashkil etgan, muxolifatdagi Leyboristlar partiyasi esa ulardan 25 foiz punktga ilgarilab ketgan.


Maqola muallifi

Teglar

Britaniya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made