Biz ukrainaliklarga o‘zlarini himoya qilish uchun chinakam imkoniyat berishimiz kerak – Stoltenberg

Olam

image

NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg alyans a’zolari Ukrainaga yetkazib berayotgan qurollardan foydalanishga qo‘yilgan ayrim cheklovlarni qayta ko‘rib chiqish vaqti kelganini aytdi. Bu haqda u bugun, 30 may kuni Pragada NATO Tashqi ishlar vazirlari yig‘ilishidan oldin so‘z ochdi.

"Ittifoqchilar Ukrainaga har xil turdagi harbiy yordam ko‘rsatadilar va ularning ba’zilari bu qurollardan foydalanishga ma’lum cheklovlar kiritdi. Bu suveren qarorlar. Ammo menimcha, bu urush qanday rivojlanayotganini hisobga olgan holda ukrainaliklarga o‘zlarini chinakam himoya qilish imkoniyatini berish uchun ushbu cheklovlarning ayrimlarini qayta ko‘rib chiqish vaqti keldi", deydi Stoltenberg.

Ukraina yetakchilari Berlindan Vashingtongacha hukumatlarni qurol-yarog‘ yetkazib berish bo‘yicha cheklovlarni yumshatishga chaqirar ekan, G‘arb davlatlari Ukraina armiyasiga Rossiya hududidagi nishonlarga zarba berishga ruxsat berish kerakmi, degan savolga ikkiga bo‘lingan.

Ukrainaning ba’zi ittifoqchilari, xususan, Britaniya, Boltiqbo‘yi davlatlari va Daniya bu bosqindan qonuniy o‘zini-o‘zi himoya qilishning bir qismi ekanligini ta’kidlasa, boshqalari Rossiya hududini nishonga olish G‘arbni to‘g‘ridan-to‘g‘ri mojaroga olib kelishidan qo‘rqadi.

Belgiya Bosh vaziri shu haftada mamlakati joriy yilda Ukrainaga jo‘natmoqchi bo‘lgan F-16 qiruvchi samolyotlaridan faqat Ukraina hududida foydalanish mumkinligini aytdi. Germaniya og‘ir qurollarni, shu jumladan Leopard tanklarini yetkazib berish bo‘yicha ham xuddi shunday shartlarni ilgari surdi.

Eslatib o‘tamiz, Britaniya Tashqi ishlar vaziri Devid Kemeron 2 may kuni Kiyevga safari chog‘ida Ukraina Rossiya hududiga zarba berish uchun Britaniya qurollaridan foydalanishi mumkinligini aytgandi. AQSHda esa bir guruh qonunchilar Prezident Jo Bayden ma’muriyatidan Ukrainaga Rossiya hududiga Amerika qurollaridan foydalangan holda zarbalar berishga ruxsat berishni talab qildi. 22 may kuni AQSH Kongressi Vakillar palatasining Tashqi ishlar qo‘mitasi rahbari Maykl Makkol AQSH Davlat kotibi Entoni Blinkenni Kiyevga Rossiya hududiga Amerika qurollari bilan zarba berish taqiqini bekor qilishga chaqirib, unga AQSH tomonidan taqdim etilgan ATACMS raketalari bilan qoplanishi mumkin bo‘lgan Rossiya hududi xaritasini ko‘rsatdi. “The New York Times” esa Blinken o‘tgan haftadagi Kiyevga "kutilmagan tashrif"idan so‘ng Amerikaning Rossiya hududiga qurolli zarbalarini taqiqlash masalasi bo‘yicha o‘z pozitsiyasini o‘zgartirib, Oq uyga Rossiyaga qarshi zarba berish taqiqini bekor qilishni taklif qilganini yozdi. Fransiya yadro kallagini olib yura oladigan raketaning ilk sinovini amalga oshirdi. NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg butun dunyo hukumatlari Ukrainaning Rossiya ichidagi rus qo‘shinlariga hujum qilish uchun G‘arb qurollaridan foydalanishiga qo‘yilgan taqiqlarni qayta ko‘rib chiqishi kerakligini va bu cheklovlar Ukraina qo‘shinlarining o‘z mamlakatini himoya qilish qobiliyatini pasaytirayotganini aytdi


Maqola muallifi

Teglar

NATO Ukraina Yens Stoltenberg

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing