Biz sizning qo‘shningizmiz! – Zelenskiy belaruslarga murojaat qildi
Olam
−
27 fevral 2022
15303Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Belarus xalqiga murojaat yo‘llab, bugun, 27 fevral kuni mamlakat konstitutsiyasiga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha o‘tkazilayotgan referendumda to‘g‘ri tanlov qilishga chaqirdi.
“Mening bu so‘zlarim Belarus fuqarolariga qaratilgan bo‘ladi. Bugun barchangiz referendumda ovoz berish uchun saylov uchastkalariga chaqirilgansiz. Bu oddiy siyosiy jarayondek ko‘rinishi mumkin, ammo hozir bu normal emas. Endi butunlay boshqacha saviyadagi qarorlar qabul qilinmoqda. Ukrainadagi tun shafqatsiz bo‘ldi. Yana otishmalar, turar-joylar, fuqarolik infratuzilmasi yana bombardimon qilindi. Mamlakatimizda birorta ham ob’ekt yo‘qki, bosqinchilar o‘z nishoni deb hisoblamasin”, deydi Zelenskiy.
Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirda Ukrainaning Vasilkov, Kiyev, Chernigov, Sumi, Xarkov va boshqa ko‘plab shaharlari oxirgi marta Ikkinchi jahon urushi davrida bo‘lgan sharoitda omon qolmoqda.
“Kimligingizni o‘zingiz hal qilasiz. Kimligingizni o‘zingiz hal qilasiz. Bolalaringizning ko‘ziga qanday qaraysiz? Bir-biringizning ko‘zingizga qanday qaraysiz? Qo‘shnilaringizga? Biz esa sizning qo‘shningizmiz!”, deya u belaruslarga yuzlandi.
Avvalroq Zelenskiy Rossiya bilan muzokara o‘tkazish uchun Belarusdan boshqa istalgan davlat to‘g‘ri kelishini aytgandi. U shuningdek, Ukraina delegatsiyasi o‘ziga hujum uyushtirgan davlatga muzokara uchun bormasligini qo‘shimcha qilgan.
LiveBarchasi