Biz G‘arbga muhtoj emasmiz – Pezeshkiyon
Olam
−
18 yanvar
4003Rossiya va Eron o‘rtasidagi strategik sheriklik to‘g‘risidagi shartnomaning imzolanishi ikki davlatning G‘arbga muhtoj emasligiga yaqqol dalil bo‘ldi. Bu haqda Eron Prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon rossiyalik jurnalist Vladimir Solovyovga “Solovyov Live” telekanalida bergan intervyusida ma’lum qildi.
“Moskva va Tehron davlatlarimizning rolini tashqi kuchlar belgilashiga rozi emas. Biz mustaqil siyosat olib borishga qodirmiz va mintaqada xavfsizlik hamda iqtisodiyotni rivojlantirish uchun birgalikda harakat qilishga tayyormiz. Biz G‘arbga muhtoj emasmiz”, dedi u.
Pezeshkiyonning ta’kidlashicha, Rossiya bilan barcha sohalarni qamrab olgan strategik sheriklik to‘g‘risidagi shartnomaning imzolanishi ikki davlatning aynan shunday yondashuvga amal qilib kelayotganini butun dunyoga ko‘rsatgan.
Eron Prezidentining fikricha, agar Eron va Rossiya tashqi ko‘rsatmalarga amal qilganida, bugungi kunda “o‘z qiyofasi va siyosatini bir necha bor o‘zgartirgan bo‘lar edi”.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 17 yanvar kuni Kremlda Rossiya va Eron Prezidentlari Vladimir Putin hamda Mas’ud Pezeshkiyon muzokaralar yakunlari bo‘yicha ikki davlat o‘rtasida barcha sohalardagi sheriklikni qamrab olgan strategik hamkorlik shartnomasini imzolagandi. Bu kelishuv ikki tomonlama hamkorlikning barcha sohalarini o‘z ichiga oladi. Xususan, mudofaa, terrorizmga qarshi kurash, energetika, moliya, transport, sanoat, qishloq xo‘jaligi, madaniyat, fan va texnologiyalar kabi sohalar shular jumlasidan.
LiveBarchasi
O‘zbekiston sun’iy yo‘ldosh yasayapti.
17 yanvar