Biz bunga yaqinlashyapmiz – Putin “Tolibon”ni tan olish haqida

Olam

image
0:00
0:00
download

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin, “Tolibon” harakatini terrorchi tashkilotlar ro‘yxatidan chiqarish to‘g‘risida qaror BMT darajasida qabul qilinishi kerakligini, Rossiya Federatsiyasi bu yo‘nalishda harakat qilishini aytdi.

Valday forumi davomida Putin “Tolibon”ni terrorchi tashkilotlar ro‘yxatiga kiritish to‘g‘risida qaror BMT darajasida qabul qilinganini eslatgan.

“Shunga ko‘ra, biz birdammiz va terrorchi tashkilotni ro‘yxatdan chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qilamiz. Menimcha, biz bunga yaqinlashyapmiz... Rossiyaning pozitsiyasi shu yo‘nalishda harakatlanish bo‘ladi”, degan u.

Putin nima bo‘lganda ham ularni “qora ro‘yxat”dan chiqarish qarori tashkilotni terrorchilar qatoriga qo‘shishdagi kabi qabul qilinishi kerakligini aytgan.

Eslatib o‘tamiz, Putin Valday forumida Rossiya va Xitoyning Afg‘onistondagi rejalari haqida ma’lumot bergandi.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin

Baholaganlar

238

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing