“Biz aqldan ozmaganmiz”. Medvedev Rossiya yadroviy urushni istamasligini aytdi
Olam
−
23 noyabr
4277Rossiyaning yadroviy urushni boshlash niyati yo‘q. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik kengashi raisining o‘rinbosari Dmitriy Medvedev “Al Arabiya” telekanaliga bergan intervyusida so‘z ochdi.
“Biz buni hech qachon ro‘y bermasligini xohlaymiz. Rossiya rahbariyatida aqldan ozgan odamlar yo‘q”, dedi u.
Medvedevga ko‘ra, yadroviy quroldan foydalanish faqatgina so‘nggi chora sifatida ko‘riladi, lekin bu masala bo‘yicha qaror qabul qilish mezonlari “yangi xavflar” sabab qayta ko‘rib chiqilgan. Xususan, bunda u NATOni ayblab, alyansning Ukraina bilan bog‘liq mojaroga to‘liq aralashganini ta’kidlagan. Unga ko‘ra, agar NATO harbiy harakatlarni “qizitishdan” to‘xtasa, urush tugashi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya Prezidenti Vladimir Putin yadroviy quroldan foydalanish tamoyillarini o‘zgartirish va yadroviy to‘siq bo‘yicha davlat siyosati asoslarini yangilashni taklif qilib, yadro qurolidan foydalanishning yangi shartlarini aytgan edi.
LiveBarchasi