Bivol-Beterbiyev trilogiyasiga Moskva mezbonlik qilishi mumkin
Sport
−
24 fevral
1313Oxirgi besh oy ichida Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyodda ikki marta ringga ko‘tarilgan rossiyalik birinchi og‘ir vazn toifasidagi Dmitriy Bivol va Artur Beterbiyev Moskvada o‘zlarining uchinchi jangini o‘tkazishi mumkin. Bu haqda Xalqaro boks assotsiatsiyasi (IBA) prezidenti Umar Kremlyov ma’lum qildi.
“Menimcha, bizga uchinchi jang kerak, chunki ular dunyoning eng yaxshi bokschilari. 3-jangni “Lujniki”da, 100 ming omoshabinga mo‘ljallangan stadionda o‘tkazishimiz kerak. Tashkiliy ishlarga qancha ketmasin, biz bu revanshni Moskva o‘tkazamiz. Keling, muzokaralarni boshlaylik”, deydi Umar Kremlyov
Rossiyalik bokschilar o‘rtasidagi birinchi jang o‘tgan yilning oktyabr oyida bo‘lib o‘tdo va 116-112, 115-113 va 114-114 hisobida Beterbiyevning g‘alabasi bilan yakunlandi. Tomonlar o‘rtasidagi ikkinchi jangda esa Bivol g‘alaba qozondi va o‘z vaznida mutlaq jahon chempioniga aylandi.
LiveBarchasi
Trenddagilar

