Bishkekdagi miting ortidan bir kishi hibsga olindi
Olam
−
01 dekabr 2023
5473Bishkekdagi “Dordoy” bozoridagi miting va mushtlashuvdan so‘ng savdogarlardan biri qo‘lga olindi. Bu haqda Qirg‘iziston huquq-tartibot idoralaridagi o‘z manbalariga tayanib, “24.kg” xabar berdi.
Boshqarmaning eslatishicha, avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda noma’lum shaxslar bozor hududida jamoat tartibini qo‘pol ravishda buzib, bir erkakka tan jarohati yetkazgani aks etgan video tarqaldi.
Mazkur holat yuzasidan Qirg‘iziston Respublikasi Jinoyat kodeksining 280-moddasi “Bezorilik” bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
“Mitingdan so‘ng bozordagi 3 nafar tadbirkor militsiyaga olib ketilgan. Ikkisi qo‘yib yuborilgan, biri M.U. vaqtinchalik saqlash hibsxonasiga joylashtirilgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, u Vazirlar Mahkamasi rahbari maslahatchisi bilan mushtlashgan”, deyiladi xabarda.
Sverdlovsk tuman ichki ishlar boshqarmasi erkakning hibsga olingani haqidagi ma’lumotni tasdiqlagan.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 30 noyabr kuni “Dordoy” bozorida katta miting bo‘lib o‘tgan edi. Namoyish ishtirokchilari maxsus soliq rejimi joriy etilishiga qarshi chiqdi. Bugun, 1 dekabrda ham “Olamedin” bozorida savdogarlar miting o‘tkazdi. Turli hisob-kitoblarga ko‘ra, namoyishda 300 ga yaqin odam qatnashgan, ular orasida “Taatan”, “Aziz” va “Chinor” bozorlarida ishlayotgan tadbirkorlar ham bor.
LiveBarchasi
26 noyabr