Bishkekdagi futbol turnirida Prezident eng yaxshi hujumchi bo‘ldi
Sport
−
01 iyun 10997 2 daqiqa
Kecha, 31 may kuni Bishkekda Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov ishtirokida futbol bo‘yicha “Muras” turniri boshlangandi. Ushbu turnir bugun, 1 iyun kuni o‘z nihoyasiga yetdi hamda taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Qirg‘iziston Prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.

Prezident taqdirlash marosimidan oldin nutq so‘zlagan. Davlat rahbari o‘z nutqida sport sog‘liq va uzoq umr manbai ekanini alohida ta’kidlagan hamda barcha jamoalarga keyingi musobaqalarda g‘alaba tilagan.

Shuningdek, u “Muras” turnirida ketma-ket uchinchi marta g‘olib bo‘lgan “Den sooluk” jamoasini samimiy tabriklagan.
Musobaqa yakunlariga ko‘ra:
“Den sooluk” jamoasi birinchi o‘rinni egallab, 400 ming som (taxminan 54 mln so‘m) pul mukofotiga sazovor bo‘lgan.

Ikkinchi o‘rinni egallagan “Iyman” jamoasi 300 ming som (taxminan 40 mln 500 ming so‘m) olgan.

Uchinchi o‘rin esa “Prezidenttin komandasi”ga nasib etgan va ular 200 ming som (taxminan 27 mln so‘m) pul mukofoti bilan taqdirlangan.

To‘rtinchi o‘rinni egallagan “Koopsuzduk” jamoasiga esa 100 ming somlik (taxminan 13 mln 500 ming so‘m) sertifikat topshirilgan.

Turnir davomida uchta alohida nominatsiya bo‘yicha ham eng yaxshi futbolchilar aniqlangan va ularning har biri 50 ming somlik (6 mln 750 ming so‘m) pul mukofotiga ega bo‘lgan:
“Eng yaxshi hujumchi” nominatsiyasiga Prezident Sadir Japarov loyiq ko‘rilgan, u turnir davomida 7 ta gol kiritgan. Davlat rahbari o‘z mukofotini “Iyman” jamoasiga topshirgan.

“Eng yaxshi darvozabon” – Sulton Osmonbekov (“Iyman” jamoasi).

“Turnirning eng yaxshi o‘yinchisi” – Nurlan Turusbekov (“Den sooluk” jamoasi).

G‘oliblar va sovrindor jamoalarga kuboklar va medallar topshirilgan. Mukofotlash marosimi yakunida ishtirokchilar esdalik uchun suratga tushgan.

Live
Barchasi