Qirg‘izistonda Prezident amaldorlar bilan futbol bo‘yicha bellashyapti
Sport
−
31 may 5973 2 daqiqa
Bugun, 31 may kuni Bishkekda Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov ishtirokida futbol bo‘yicha “Muras” turniri boshlandi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot kotibi Askat Alagozov ma’lum qildi.
Turnir 31 maydan 1 iyunga qadar poytaxtdagi FOK “Gazprom” va KFS Milliy futbol akademiyasi sport majmuasida bo‘lib o‘tadi.

Musobaqada 16 ta jamoa ishtirok etadi:
- “Президенттин командасы”,
- “Жогорку Кеңеш”,
- “Көзөмөл”,
- “Аймактар”,
- “Ден соолук”,
- “Коопсуздук”,
- “Фемида”,
- “Спорт чеберлери”,
- “Журналисттер”,
- “Өнөр”,
- “Билим”,
- “Достук”,
- “Динамо”,
- “Ыйман”,
- “Банктар жана бизнес”,
- “Элчилер”.
Japarov ochilish marosimida “Muros” turniri o‘z oldiga qo‘yilgan vazifalarni to‘liq oqlaganini mamnuniyat bilan qayd etdi. Uning aytishicha, har yili davlat xizmatchilari va umuman aholi o‘rtasida sportga qiziqish ortib borayotganini kuzatish mumkin.