Bishkekda uch hafta ichida oltinchi marta mer almashdi

Olam

image

Bishkekda mer vazifasini bajaruvchi uch hafta ichida oltinchi marta almashtirildi. Bu haqda Respublika Vazirlar Mahkamasi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Vazirlikning ma’lum qilishicha, Qirg‘iziston Prezidenti vazifasini bajaruvchi Sadir Japarov Balbak Tuloboyevni Bishkek meri vazifasini bajaruvchi etib tayinlagan.

Tuloboyev shu munosabat bilan Qirg‘iziston hukumatining Issiqko‘l viloyatidagi vakolatli vakili lavozimini tark etdi. Bungacha u Qirg‘iziston poytaxti meriyasi apparatini boshqargan.

Ikki yil davomida Bishkek meri bo‘lib ishlagan Aziz Surakmatov 6 oktyabrdagi tartibsizliklar fonida iste’foga chiqish to‘g‘risida ariza yozgan. Shundan so‘ng "Xalq meri" Jooshbek Koyenaliyev uning vazifalarini bajarishga kirishdi. 7 oktyabrda shahar hokimi vazifalari birinchi o‘rinbosar Almaz Baketayevga topshirildi. 8 oktyabrda munitsipalitetni 20 oktyabrgacha yana Surakmatov boshqargan va u o‘z vakolatlarini 2008-2010 yillarda poytaxtga rahbarlik qilgan Nariman Tyuleyevga topshirdi. 22 oktyabrda Tyuleyevning iste’foga chiqishini e’lon qildi va vakolatlarni birinchi vitse-mer Baketayevga topshirdi.

Eslatib o‘tamiz, Qirg‘izistonda 4 oktyabr kuni o‘tkazilgan parlament saylovlaridan keyin, 7 foizlik minimum ovozni to‘play olmagan partiya tarafdorlari norozilik namoyishlarini boshladi. Bir necha kun davom etgan namoyish va tartibsizliklar ortidan Bosh vazir Kubatbek Boronov va uning Hukumati iste’foga chiqdi. Namoyishchilar davlat idoralarini egallab oldi.

Namoyishlar avj olgan pallada Markaziy saylov komissiyasi saylov natijalarini tan olmaslik haqida qaror qabul qildi.

Sooronbay Jeenbekov Bishkekda favqulodda holat joriy qildi va poytaxtga harbiylar kiritildi. Buning natijasida vaziyat biroz tinchidi. Ammo namoyishchilar Prezidentdan iste’foga chiqishini talab qildi. Natijada 15 oktyabrda Jeenbekov xalqiga qarata o‘q uzib qon to‘kmaslik uchun iste’fo berdi. 

Uning vazifasini vaqtincha bajarishi kerak bo‘lgan parlament spikeri Kanat Isayev bundan bosh tortdi. Natijada davlat rahbari vakolati namoyishlar ortidan Bosh vazir bo‘lgan Sadir Japarovga o‘tdi.


Maqola muallifi

Teglar

Qirg'iziston Bishkek

Baholaganlar

11

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing