Bishkekda saylov natijalariga qarshi namoyish boshlandi

Olam

image

Bugun, 5 oktyabr kuni Bishkekda Qirg‘iziston parlamenti uchun o‘tkazilgan saylov natijalariga qarshi norozilik namoyishlari boshlandi. Namoyish Qirg‘iziston sotsial-demokratlari partiyasi (QSD) tarafdorlari tomonidan o‘tkazilmoqda.  

"Biz saylov natijalarini qonuniy deb tan olmaymiz, chunki saylov paytida qo‘pol qonun buzilishlariga yo‘l qo‘yilgan edi", dedi QSD a’zosi Irina Karamushkina miting davomida. Uning so‘zlariga ko‘ra, hokimiyat ma’muriy resurslardan foydalangan va g‘olib bo‘lgan bir qator partiyalar ochiqchasiga saylovchilarga pora berish bilan shug‘ullangan. Shaharning markaziy maydonida bo‘lib o‘tadigan mitingda 100 ga yaqin odam qatnashmoqda. 

Yana bir qancha yutqazgan partiyalar, shu jumladan "Ota Makon" poytaxtda norozilik namoyishlari o‘tkazish niyatida ekanligini e’lon qildi. 

Ma’lumot o‘rnida, kecha, 4 oktyabr kuni Qirg‘izistonda navbatdagi parlament saylovlari bo‘lib o‘tdi. Unda ro‘yxatdan o‘tgan 3,5 million saylovchining 1,98 millioni yoki 56,2 foizi qatnashgan. 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, to‘rtta siyosiy partiya 7 foizlik barerdan o‘tib, mamlakatning eng yuqori qonun chiqaruvchi organining yangi tarkibiga kirishi mumkin. Bular “Birlik” (24%), “Makonim Qirg‘iziston” (24%), “Qirg‘iziston” (8%) va “Butun Qirg‘iziston” (7%) partiyalari. 

Ovoz berishning rasmiy natijalari byulletenlarni qo‘lda sanab chiqilib, yakuniy bayonnomalar MSKga topshirilgandan keyin 20 kun ichida e’lon qilinadi.


Maqola muallifi

Teglar

Namoyish Qirg'izistondagi vaziyat

Baholaganlar

170

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing