Liviya Tashqi ishlar vaziri isroillik hamkasbi bilan uchrashgani uchun ishdan haydaldi

Olam

image

Liviya Milliy birlik hukumati bosh vaziri Abdel Hamid Dbeyba mamlakat Tashqi ishlar va xalqaro hamkorlik vaziri Najla Al-Mangushni ishdan bo‘shatdi. Bu haqda “Lenta.ru” nashri ma’lum qildi.

Gap shundaki, Tripolida Liviya Tashqi ishlar vazirligi binosi oldida vazir Mangushning isroillik hamkasbi Eli Koen bilan uchrashuvi sabab namoyishlar bo‘lib o‘tgan. Xabarlarga ko‘ra, bino oldida otishma ovozlari ham eshitilgan.

Namoyishchilar Liviya Milliy birlik hukumatiga qarshi shiorlar bilan chiqishgan. Ular Tashqi ishlar vazirining javobgarlikka tortilishini talab qildi. Norozilik chiqishlari Liviyaning Misrata, Zavi, Sabratuy va Zliten kabi boshqa qator shaharlarida ham bo‘lib o‘tdi. Bunga javoban esa Bosh vazir Mangushni ishdan bo‘shatdi. 

“Bosh vazir Abdelhamid Dbeyba tashqi ishlar vaziri Najla Al-Mankushni profilaktika chorasi sifatida ishdan bo‘shatdi”, deb tushuntirdi birlik hukumati.

Avvalroq, Isroil Tashqi ishlar vaziri Eli Koen Mangush bilan Rimdagi uchrashuvini “tarixiy voqea” deb atagandi.

Mangushning o‘zi Rimdagi muzokaralar rasmiy tusga ega emasligini aytdi. Liviya Tashqi ishlar vazirligi esa, o‘z bayonotida vazirlik arab va islom mamlakatlari muammolarini, birinchi navbatda Quddusga Falastinning abadiy poytaxti maqomi berilishi masalasini hal qilishga sodiq ekanini bildirgan. Shuningdek, Liviya Isroil mustaqilligini tan olmasligi va davlatlar o‘rtasida diplomatik aloqalar mavjud emasligini ham ma’lum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, 16 avgust kuni Liviya poytaxti Tripolida qurolli guruhlar o‘rtasida to‘qnashuvlar bo‘ldi. Oqibatda 27 kishi halok bo‘lgan va 160 kishi jarohat olgan. 
 


Maqola muallifi

Teglar

Namoyish Liviya vazir Isroil

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing