Bishkek bosh maydonida Qirg‘izistonning yangi bayrog‘i ko‘tarildi (video)
Olam
−
08 yanvar
9297Bishkek shahrining bosh maydoni “Ala-Too”da Qirg‘izistonning yangi bayrog‘i tantanali ravishda ko‘tarildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Unga ko‘ra, Qirg‘iziston Respublikasining yangilangan bayrog‘ini ko‘tarish marosimida mamlakat Prezidenti Sadir Japarov ishtirok etmagan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Sadir Japarov Qirg‘izistonning yangi bayrog‘i haqidagi qonunni imzolagan edi. U Jogorku Kenesh tomonidan 20 dekabrda qabul qilingan. Tashabbuskorlar parlament spikeri Nurlanbek Shakiyev va deputat Ulan Primov bo‘lib, bayroqdagi nurlarning to‘lqinli shakli to‘g‘ri shaklga o‘zgartirilgan.
Shunisi e’tiborga loyiqki, yangi bayroqda 39 ta nur bo‘lsa, eskisida 40 ta. Bu 40 ta qadimgi qabilalarning yagona Qirg‘izistonga birlashishini bildirgan. Bu ham ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lgan.
LiveBarchasi