Birjada shakar narxi “rezkiy” pasaydi
Olam
−
14 iyun 2022
68185Joriy yilning 10-14 iyunida O‘zbekiston Respublika tovar-xomashyo birjasida o‘tkazilgan ochiq birja savdolari natijalariga ko‘ra shakarning barcha kategoriyasi bo‘yicha shakllangan o‘rtacha kunlik narxi mahsulotning bir tonnasi uchun 14 mln 554,5 ming so‘mdan 10 mln 754,9 ming so‘mgacha, ya’ni 26,1 foizga pasaydi.
Ko‘rib chiqilayotgan davrda birja savdolariga jami 6 004 tonna shakar qo‘yilgan bo‘lib, barchasi sotilgan. Bunda, birja savdolari orqali “Xorazm shakar” MCHJ tomonidan 3 000 tonna va “Angren shakar” MCHJ tomonidan 3 004 tonna shakar sotilgan.
“Shakarni birjada xarid qilishda talab darajasidan kelib chiqqan holda, hududlar o‘rtasida mutanosib taqsimot shakllanmoqda”, deyiladi tovar-xomashyo birjasi xabarida.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan haftada O‘zbekistonda shakar narxi keskin ko‘tarilishi ortidan bozorlar va do‘konlarda turnaqator navbat, hatto to‘polonlar ham kuzatildi.