Birjada benzin arzonlashdi
Jamiyat
−
19 noyabr 2021
29011Joriy yilning 18 noyabr kuni birja savdolarida AI-80 markali avtomobil benzini narxi pasaydi. Savdoga qo‘yilgan 4438,9 tn AI-80 markali benzin qo‘yilgan bo‘lsa shundan 3339,7 tn yoki 75 foizi sotildi. Bu haqda Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi xabar berdi.
Ko‘rilgan amaliy tadbirlar natijasida, 15 noyabrga nisbatan 18 noyabr kuni AI-80 markali avtomobil benzinining o‘rtacha sotilish narxlari 1 tonnasi 10 mln 129 ming so‘mdan 9 mln 180,5 ming so‘mgacha pasayib 9 foizga arzonlashdi.
Ishlab chiqaruvchilar kesimida ushbu ko‘rsatkich quyidagilarni tashkil etdi:
• Farg‘ona NQIZ – 17 foiz;
• “Sanoat energetika guruhi” MCHJ QK- 16 foiz;
• Buxoro NQIZ (mahalliy xomashyodan ishlab chiqarilgan) - 8 foiz;
• Buxoro NQIZ (import xomashyodan ishlab chiqarilgan) – 0,2 foiz;
Birja savdolari orqali benzin sotib oluvchi kunlik xaridorlar soni 3,7 barobarga oshdi (32 tadan 119 taga).
Avvalroq Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi benzin narxiga ta’sir ko‘rsatgan omillarni o‘rganib, tegishli choralarni ko‘rgani, endilikda benzin narxi pasayishi haqida xabar bergan edik.
LiveBarchasi