Birjada AI-80 markali benzin narxi ko‘tarilayotgani ma’lum bo‘ldi

Jamiyat

image

AI-80 markali avtomobil benzinning o‘rtacha boshlang‘ich narxlari bir tonnasi uchun 5 527,5 ming so‘mdan 5 671,1 ming so‘mgacha yoki 2,6 foizga o‘sdi. Bu haqda "O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi" AJning 30 noyabr - 6 dekabr kunlari dayjestida ma’lum qilindi.

Xabarga ko‘ra, AI-80 markali avtomobil benzinning o‘rtacha kunlik narxi ham bir tonna uchun 5 580,9 ming so‘mdan 5 698,5 ming so‘mgacha yoki 2,1 foizga ko‘tarilgan.

“O‘tgan haftada birja savdolariga 23 691,0 tonna AI-80 markali avtomobil benzini qo‘yildi va ulardan 20 215,4 tonnasi, ya’ni 85,3 foiz sotildi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 50 xaridor ishtirok etdi”, deyiladi xabarda.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda AI-80 rusumli avtomobil benzinning o‘rtacha haftalik kotirovkasi 5 622,1 ming so‘mni, AI-91 – 6 443,7 ming so‘mni tashkil etgan.

Turli manbalarda keltirishicha, avtomobil benzinining bir tonnasi o‘rtacha 1293-1370 litrni tashkil qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 10 noyabridan boshlab AYOQSHlardagi import qilingan Ai-95 narxi 6 600 so‘mdan 6 300 so‘mga arzonlashtirilgani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

benzin AI-80

Baholaganlar

384

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing