Birinchi sinfga qabul jarayoni iyuldan boshlanadi
Jamiyat
−
28 may 2020 9787 1 daqiqa
O‘zbekistondagi epidemiologik vaziyat tufayli maktablarning 1-sinfiga qabul jarayoni iyul oyidan boshlanadi. Bu haqda Xalq ta’lim vazirligi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, amaldagi tartibga ko‘ra, har yili 1 iyundan 31 avgustga qadar Respublikadagi barcha maktablarning 1 sinfiga qabul jarayonlari amalga oshirilgan. Buning uchun ota-onalar to‘g‘ridan-to‘g‘ri maktablarga borib hujjatlarni topshirgan. Karantin sharoitida buni amalga oshirish, ya’ni ota-onalarning ta’lim muassasalariga yozgi mavsumda ham kelishlarini ta’minlash muammo yuzaga keladi.
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida 2020 yil 30 aprelda o‘tkazilgan 28-sonli yig‘ilish bayoniga muvofiq respublikamizda karantin cheklovlari bosqichma-bosqich yumshatilib borilayotganligini inobatga olib, hamda pandemiya ta’siri to‘liq bartaraf etilguniga qadar 1 sinfga qabul jarayonlarini iyun oyidan iyul va avgust oyiga ko‘chirish belgilangan“, deyiladi vazirlik xabarida.
Buning natijasida:
1. Ota-onalarning maktablarga tashrifini cheklash orqali karantin qoidalariga to‘liq rioya etilishi ta’minlanadi.
2. Iyun oyida umumta’lim maktablari bitiruvchilarining hujjatlarini rasmiylashtirish bilan, oliy o‘quv yurtiga hujjatlarni topshirishga tayyorlaydi.
1 sinfga qabul jarayonlari boshlanganidan so‘ng, maktab ma’muriyati orqali qo‘shimcha ma’lumot olish mumkin bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, 2019-2020 yil o‘quv yili bo‘yicha yakunlar e’lon qilingandi. Shuningdek, maktabda berilgan oltin medallar hech qanday imtiyoz bermasligi ma’lum qilindi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025