Birinchi Prezidentning ukasi o‘lim bilan olishayotgani xabar qilindi

Olam

image

Qozog‘istonning Birinchi Prezidenti Nursulton Nazarboyevning ukasi Bolat Nazarboyevning ahvoli og‘ir, u jiddiy kasallik bilan kurashmoqda. Bu haqda Bolat Nazarboyev rahbarligidagi “Aqlli avlod” jamg‘armasi xabar berdi. 

“Sizlarga shuni ma’lum qilamizki, Bolat Nazarboyevning ahvoli barqaror-og‘ir va 2015 yildan beri saraton kasalligidan davolanmoqda”, deydi fond direktori Qosim Kasabekov. 

Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda Bolat Nazarboyevning shifoxona yotog‘idagi suratlari va videolari tarqalgan edi. Surat va videolar ostida shifokorlar Bolat Nazarboyevning hayoti uchun kurashayotgani haqida yozilgan. 

Эксклюзив: Bolat Назарбаев в критическом состоянии | Главные новости  Казахсtaна – Новостной порtaл «Экспресс К»

Bolat Nazarboyev mart oyida 69 yoshga to‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, Bolat Nazarboyevning rafiqasi Guljon Nazarboyeva 2020 yilning 29 iyun kuni vafot etgan edi. 

Bolat Nazarboyev –Nursulton Nazarboyevning ukasi. Ochiq manbalarga ko‘ra, u " Aqlli avlod " xayriya jamoat fondining asoschisi, BN Invest xolding rahbari. 

Joriy yilning 15 mart kuni Bolat Nazarboyev va kuyoviga aloqador noqonuniy mayning (kriptovalyutalarni ishlab chiqaruvchi fermalar) kompaniyalari aniqlangandi. 

Qayd etilishicha, mamlakatdagi 55 ta mayning kompaniyalar faoliyatiga chek qo‘yilgan. Chunki ular o‘z faoliyatini boshlagani haqida vakolatli organni xabardor qilmagan. Bundan tashqari maxsus iqtisodiy zonalardagi energiya manbalariga texnik shartlarni bajarmasdan, noqonuniy ulangan. Shuningdek, soliq va bojxona to‘lovlarini to‘lashdan bo‘yin tovlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Nursulton Nazarboev Bolat Nazarboev

Baholaganlar

1370

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing