“Birinchi qo‘ng‘iroq” chalindi. Bu yil qancha bola 1-sinfda o‘qishni boshladi?
Jamiyat
−
05 Sentabr 2022
6313Bugun, 5 sentyabr kuni Xalq ta’limi vazirligi tizimidagi 10 085 ta maktabda 2022-2023 o‘quv yili darslari boshlandi. Yangi o‘quv yilida 702 000 nafar bola umumta’lim maktablarining 1-sinfiga qabul qilindi.
Ularga 12 turdagi o‘quv qurollari, maktab sumkasi, darsliklar majmuasidan iborat Prezident sovg‘alari topshirildi.
Maktablarda tahsil olayotgan 6 469 737 nafar o‘quvchi ishtirokida tashkil etilayotgan “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlarida mahalliy hokimliklar hamda keng jamoatchilik vakillari, mahalla faollari, o‘quvchilar va ularning ota-onalari ishtirok etdi.
Shuningdek, ayni vaqtda respublikadagi barcha umumta’lim maktablarida 2022-2023 o‘quv yilining birinchi dars soati — “Mustaqil darslari” boshlandi. Ushbu darslarda istiqlol yillarida erishilgan yutuqlar, yoshlarimiz tomonidan qo‘lga kiritilgan katta g‘alabalar hamda milliy tarixning yorqin lavhalari haqida o‘quvchilarga so‘zlab berildi.
LiveBarchasi