Birgina Toshkentda 239 kishida koronavirus aniqlandi

Jamiyat

image

Bugun, 5 avgust soat 23:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 27 793 (+239) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining barcha 239 nafari Toshkent shahrida tana harorati ko‘tarilganligi sababli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanida yashagan 67 yoshli X.K. (erkak), Buxoro viloyati Buxoro shahrida yashagan 61 yoshli T.B. (erkak), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

E’tiborli jihati, bugun Toshkent shahrida 461 nafar, Toshkent viloyatida 132 nafar, Samarqand viloyatida 39 nafar, Qashqadaryo viloyatida 22 nafar, Andijon viloyatida 21 nafar, Buxoro viloyatida 20 nafar, Namangan viloyatida 17 nafar, Navoiy viloyatida 14 nafar hamda Xorazm viloyatida 6 nafar, jami 732 nafar bemor tuzaldi.

Shunday qilib, O‘zbekistonda 18 783 (+732) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (67 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatda 8 839 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

158

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing