Birdaniga 15 ta. Koronavirus Tojikistonga kirib bordi
Olam
−
30 aprel 2020 15489 1 daqiqa
Tojikistonda koronavirus tarqalishining oldini olish bo‘yicha Respublika shtab-kvartirasi mamlakatda koronavirus bilan bog‘liq ilk 15 ta holatni tasdiqladi. Bu haqda bugun, 30 aprel kuni davlat milliy televizion kanalining birinchi kanalida e’lon qilindi.
“Bugun Tojikistonda koronavirus tarqalishining oldini olish bo‘yicha Respublika shtab-kvartirasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Mamlakatda koronavirus infeksiyasi holatlari rasman tasdiqlandi”, deyiladi bayonotda.
Ta’kidlanishicha, Respublika Sog‘liqni saqlash va aholini ijtimoiy himoya qilish vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 29 aprel holatiga ko‘ra, 15 ta holat qayd etilgan. Hisobotda aniqlanishicha, Sug‘d viloyatida 10 ta, Dushanbeda esa beshta holat aniqlangan.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025