Bir yilda rekord darajadagi jurnalistlar halok bo‘ldi

Olam

image

O‘tgan 2024 yilda dunyo bo‘ylab kamida 124 jurnalist va ommaviy axborot vositalari xodimlari o‘ldirildi. Bu haqda Jurnalistlarni himoya qilish qo‘mitasi (CPJ) e’lon qildi.

Ma’lum qilinishicha, bu avvalgi yillarga qaraganda rekord natija bo‘lgan. Bundan oldingi maksimal ko‘rsatkich 2013 yilda bo‘lgan, o‘shanda dunyo bo‘ylab 113 nafar jurnalist o‘ldirilgan.

Qayd etilishicha, eng ko‘p jurnalist – 85 nafari Falastin-Isroil mojarosi paytida halok bo‘lgan. Bundan tashqari, Sudan va Pokistonda olti nafar, Meksikada besh nafar, Suriyada to‘rt nafar, Livan, Iroq va Myanmada uch nafardan jurnalist halok bo‘lgan.

“Ko‘pgina mamlakatlarda bir jurnalist yoki ommaviy axborot vositalari xodimi o‘ldirilgan, jumladan, Ukraina va Rossiyada”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Al-Quds Today” nashri jurnalistlari G‘azodagi Al-Avda shifoxonasida yuz berayotgan voqealarni yoritayotgan vaqtida ularning transport vositasi Isroil havo hujumiga uchragandi. Hujum oqibatida jurnalistlar Fadi Hassouna, Ibrahim al-Sheikh Ali, Mohammad al-Ladah, Faisal Abu al-Qumsan va Ayman al-Jadi halok bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

jurnalist Falastin-Isroil

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing