Bir o‘limdan qolgan Eriksen APL klubiga o‘tishi mumkin
Sport
−
17 yanvar 2022
3296Daniya terma jamoasi yarim himoyachisi Kristian Eriksen faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin. Bu haqda “The Athletic” nashri xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 29 yoshli daniyalikning xizmatlariga Angliya Premer ligasida ishtirok etayotgan “Brentford” klubi qiziqmoqda. “Asalarilar” Eriksenga yana bir mavsum uzaytirish imkoniyati bilan olti oylik shartnoma taklif qilmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, yarim himoyachi Yevro-2020 doirasidagi Daniya va Finlyandiya o‘yinida yuragi to‘xtab qolishi natijasida hushidan ketgan edi. Bir necha kundan so‘ng futbolchiga kardioverter-defibrilyator o‘rnatilgan.
Shu bilan birga, 29 yoshli Eriksen “Inter”ni tark etishga majbur bo‘ldi, chunki Italiya A Seriyasida futbolchilarga yurak stimulyatori bilan o‘ynash taqiqlangan. Shundan buyon Eriksen rasmiy o‘yinlarda maydonga tushmadi.
Ma’lumot uchun, Eriksen 2013-2020 yillarda Londonning “Tottenxem” klubi sharafini himoya qilgan. U 2022 yil Qatarda bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionatida o‘z terma jamoasi safida ishtirok etmoqchi ekanini aytib o‘tgan.
LiveBarchasi