“Bir oydan keyin barham topadi”. Jirinovskiy yangi virusni ig‘vo deb atadi
Olam
−
26 yanvar 2020
12927Rossiya liberal-demokratik partiyasi rahbari Vladimir Jirinovskiy Xitoyda tarqalgan virus AQSH ig‘vosidan o‘zga narsa emasligini ta’kidladi.
“Koronavirus barcha qit’alarga tarqalmoqda, barchasiga. Bu haqiqatan ham grippning yangi turimi yoki kimningdir ig‘vosimi? AQSH. Iqtisodiyot. Amerikaliklar Xitoyni quvib yetolmasliklaridan, hech bo‘lmasa, tenglasholmasliklaridan qo‘rqishmoqda”, dedi u Jahon sivilizatsiyasi instituti talaba va o‘qituvchilari bilan o‘tkazilgan uchrashuvda.
Yetakchining ta’kidlashicha, bunday ig‘volar birinchi marta bo‘layotgani yo‘q. U gapiga misol tariqasida tovuq grippi va “kimgadir yoqmay qolgan” Britaniya mol go‘shtini keltirib o‘tgan.
“Oradan bir oy o‘tib barchasi to‘xtaydi. Axir bu ig‘vo bo‘lgandi-da. Dorilar sotib bo‘linadi, kimdir esa millirderga aylanadi. Ular, asosan, Shveysariyada yashashadi”, dedi Jirinovskiy.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoyda koronavirusdan zararlanganlar soni, 26 yanvar holatiga ko‘ra, 2002 kishiga yetganidi. halok bo‘lganlar soni 56 kishini tashkil etishi haqida ma’lum qilgan qilgan edik.
LiveBarchasi